Mirjamol Mirzaahmedov

Mirjamol Toirjonovich Mirzaahmedov 1988 – yil 6 – yanvar kuni Toshkent shahrida tug’ilgan. Xonanda Toirjon va Nazira opa oilasida to’rt farzandning uchinchisi bo’lgan. Mirjamolda san’atga havas bolalikdan uyg’ongan bo’lib, 224 – maktabda tahsil olayotgan vaqtlaridayoq ko’plab bayram tadbirlariga boshlovchilik qilganida, uni bir kun kelib albatta san’at sohasiga qadam qo’yish orzusi qat’iy maqsadga aylangan edi. Shuning uchun ham, 2004 yil maktabni bitirgach, hech ikkilanmay O’zbekiston Davlat Sa’nat institutiga hujjat topshirdi va imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tib, mazkur institutning Qo’g’irchoq teatri aktyorligi bo’limiga Grand asosida o’qishga qabul qilindi. O’qish uchun aynan, Qo’g’irchoq teatri aktyorligi fakultetini tanlaganligining sababi, uning bolalarga bo’lgan mehri, hamda kasbi orqali ularga quvonch ulashish istagi edi. Ammo, unda baribir qo’shiq aytishga bo’lgan ishtiyoq ustunlik qildi. Natijada, Sa’nat Oliygohida o’qish bilan birgalikda o’zini honandalikda ham sinab ko’rib, 2005 yil «UMIDIM» deb nomlangan ilk qo’shig’ini tinglovchilar e’tiboriga havola etdi.

Yanada ko‘proq

Mirjamol Mirzaahmedov

Mirzaahmedov Mirjamol Toirjonovich 1988 yil 6 yanvar kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida tavallud topgan. Otasi Mirzahmedov Toirjon, onasi Mirzahmedova Nazira. Mirjamol oilada  4 farzandning 3-si hisoblanib, undan avval 2 akasi va bir ukasi bor. Mirjamol aka-ukalaridan farqli ravishda tadbirkorlikni emas, san’atni tanlashga qaror qilgan. Aslida oilaviy muhitdan kelib chiqqan holda Mirjamol yoshligidan tadbirkorlik ishlari bilan shug’ullanib kelgan. Biroq, undagi san’atga bo’lgan qiziqish yuqori bo’lganligi sababli 224-o’rta maktabni tamomlagach, San’at oliygohiga imtihon topshiradi. Buni qarangki, maktab davridagi turli tadbirlarni uyushtirib, san’atni oz-moz tushunishga ulgurgan Mirjamol 2004 yili oliygohga biror bir qiyinchiliksiz Davlat Grandi asosida o’qishga kiradi.
Oliygohning 2-bosqichida tahsil olayotgan kezlari Mirjamol «Afruz» guruhi bilan taniqli bastakor Ali Niyazimbetovning oldiga boradi va bir muddat undan vokal bo’yicha dars oladi. Bu orada Ali Niyazimbetov Mirjamolga bir qo’shiq yozib ko’rish taklifini bildiradi.Bu o’sha 2005 yildagi «Tarona Bitiruvchi» gala-konsert dasturida Mirjamolning ilk katta sahnada ijro etgan birinchi qo’shig’i, ya’ni Shahnoz so’zi bilan ijro etilgan «Umidim» taronasi edi.

So‘nggi xabarlar

So‘nggi xabarlar

Qo‘shiqlar

Qo‘shiqlar

Videogalereya

Videogalereya

Fotogalereya

Fotogalereya

Aloqa uchun

Aloqa uchun

Xabar yuboringочистить

 

Mirjamol ijtimoiy tarmoqlarda!!!

Xabar yuboringочистить

 

Mirjamol ijtimoiy tarmoqlarda!!!

Murojaat uchun telefonlar: